Tezkor: Husanov haqida noxush xabar!

  • 3 oktabr, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasi doirasida 21 sentyabr kuni “Arsenal”ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida raqib uning oyog‘ini bosib olishi oqibatida jarohat olgan edi.

Tecno

Angliyadagi bir necha nufuzli manbalar 21 yoshili himoyachining jarohati u qadar jiddiy emasligini va Abduqodir qisqa muddatda safga qaytishi, 5 oktyabrda “Brentford” bilan bo‘ladigan safar uchrashuvida ishtirok etishi mumkinligini yozgandi.

Ana shu xabarlar asosida “Manchester Siti” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi muxlislari Husanovning tezroq maydonga qaytishini kutmoqda.  

Biroq, sportsmole.co.uk sayti eksperti Oliver Tomas Anliya Premer-ligasi ettinchi turi oldidan “Manchester Siti”ning lazaretdagi o‘yinchilari haqida tayyorlagan ma’lumotnomasida Abduqodir Husanovning tiklanish muddati cho‘zilganini ma’lum qildi. Bu Husanovni kutayotgan muxlisu mutaxassislar uchun noxush xabar bo‘ldi.

- “Manchester Siti” yakshanba kuni “Brentford”ga qarshi Premer-liga doirasida Gtech Community stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda barcha musobaqalardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini etti o‘yinga etkazishga intiladi.

Xosep Gvardiola jamoasi so‘nggi uchta chempionat o‘yinidan etti ochko to‘pladi. Ular o‘tgan hafta “Bernli” ustidan 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Biroq chorshanba kuni UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqich ikkinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida bahsli penalti sababli “Monako” bilan 2:2 hisobida durang qayd etib, ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi.

Endi “Siti” bor diqqatini yana Premer-ligaga qaratadi. Quyida Sports Mole nashri jamoaning “Brentford”ga qarshi o‘yin oldidan jarohatlar va diskvalifikatsiyalar haqidagi eng so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etadi, - deb yozdi sportsmole.co.uk sayti eksperti Oliver Tomas.

Quyida “Siti”ning jarohatdagi yulduzlarining safga qaytishi kutilayotgan sanalari haqidagi ma’lumotlar o‘quvchilar e’tiboriga havola etilmoqda.

RAYAN ShERKI:

Frantsiyalik hujumkor futbolchi sonidan olgan jarohati tufayli jamoasining oxirgi ettita uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Gvardiola Rayan Sherki oktyabr oyidagi xalqaro tanaffusdan keyin safga qaytishini kutayotganini ma’lum qildi. Garchi Sherki mashg‘ulotlarga kirishgan bo‘lsa-da, murabbiylar shtabi uni ehtiyotlash maqsadida “Brentford”ga qarshi maydonga tushirmoqchi emas.

Sherkining ehtimoliy qaytish sanasi: 18 oktyabr (“Everton”ga qarshi o‘yin).

RAYAN AYT NURI

23 avgust kuni to‘pig‘idan jarohat olgan marokashlik chap qanot himoyachisi oltita uchrashuvdan beri jamoasiga yordam bera olmayapti. O‘yinchi shikastlanganidan keyin o‘tkazilgan tekshiruvlar Ayt-Nuri qariyb ikki oy davolanishini ko‘rsatgandi.

Rayan Ayt-Nurining ehtimoliy qaytish sanasi: 18 oktyabr (“Everton”ga qarshi o‘yin).

ABDUQODIR HUSANOV:

“Manchester Siti”ning o‘ng qanot himoyasidagi muammolarni hal qilib kelgan Abduqodir Husanov “Arsenal”ga qarshi o‘yinning birinchi yarmida shikastlangani bois, muhim uchrashuvni davom ettira olmadi.

Shundan keyin o‘zbek futbolchisi uchta uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Abduqodirning safga qaytish muddati cho‘ziladigan bo‘ldi. 21 yoshli himoyachi oktyabr oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida qatnasha olmasligi mumkin.

Abduqodir Husanovning ehtimoliy qaytish sanasi: 18 oktyabr (“Everton”ga qarshi o‘yin).

Umar MARMUSh

Umar Marmush sentyabr oyida Misr terma jamoasi safida jarohat olganidan so‘ng olti o‘yinni o‘tkazib yubordi. U ham oktyabrdagi terma jamoa o‘yinlaridan keyin asosiy tarkibga qaytishga umid qilmoqda.

Umar Marmushning ehtimoliy qaytish sanasi: 18 oktyabr (“Everton”ga qarshi o‘yin).

“Manchester Siti” tarkibida “Brentford”ga qarshi o‘yin uchun diskvalifikatsiya qilingan futbolchilar yo‘q.

Angliya Premer-ligasining ettinchi turidan o‘rin olgan “Brentford” va “Manchester Siti” uchrashuvi 5 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

Superhujumchi Husanovni tanladi!

Bizga Husanov kerak!

Husanov etishmagan o‘yindan keyin Gvardiola nimalar dedi?

Kutilmagan vaziyat: Buyog‘iga Husanov ancha qiynaladigan bo‘ldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!