Tezkor! Niderlandiya O'zbekistonga qarshi ikki o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

  • 08.06.2026 15:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Niderlandiya terma jamoasi bugun kechasi ikki oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ikkala oʻyin ham Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi oʻtkaziladi. Bu haqida "The Touchline" nashri maʼlum qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, bosh murabbiy Ronald Kuman birinchi uchrashuvdan soʻng yana ikkinchi oʻyinni ham tashkil etishni soʻragan. Uning bu qarori terma jamoaga chaqirilgan 26 nafar futbolchining barchasiga maydonda imkoniyat berish maqsadida qabul qilingan.

Eslatib oʻtamiz, bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45’da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!