
Tezkor! "Vilyarreal" "Barselona" sobiq bosh murabbiyini olib keladi
"Barselona"ning sobiq murabbiyi "Vilyarreal"ga kelishi kutilyapti.
"Sariq suv osti kemasi" jamoadan ketgan Unai Emeri o‘rnini zudlik bilan to‘ldirmoqchi va bu Kike Seten bo‘lishi mumkin. Ispan klubi ushbu transferni tezroq amalga oshirishni istamoqda. Mutaxassisning o‘zi ham "Vilyarreal"da ishlashni xohlaydi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Seten 2020 yildan buyon erkin agent maqomida. 64 yoshli murabbiy shu paytgacha, Ispaniyada "Barselona, "Real Betis" va "Las-Palmas" kabi jamoalarini boshqargan.
Fikrlar