Tezkor xabar! To‘purar hujumchimiz Ummon chempionatiga yo‘l oldi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan yilgi mavsumni Qirg‘izistonning “Dordoy” klubida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan Alisher Azizov yangi mavsumni Ummon chempionatida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Aniqrog‘i, Azizov Ummon Professional ligasi (oliy divizion)da to‘p suradigan “Al-Salam” klubida to‘p suradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Ummon chempionatida hozir birinchi davra nihoyasiga etgan va “Al-Salam” 13 uchrashuvda 12 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!