Tezkor xabar! Toshkentdan futbol ko‘rib qaytayotgan 5 nafar "Navbahor" muxlisi mudhish YTH qurboni bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha Superliganing 1-turidan o‘rin olgan “Navbahor” hamda “Qo‘qon-1912” klublari o‘rtasidagi bahs Toshkentdani TTYMI stadionida o‘tkazildi. Shu kuni poytaxtga vodiydan minglab ishqibozlar o‘z suyuklilarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyurishdi. Ammo, bu voqealar mudhish yakun topdi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Toshkentda futbol tomosha qilib qaytayotgan namanganlik muxlislar o‘tirgan “Neksiya” avtomobili 11 mart kuni tong saxar Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida “Damas” avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan va natijada mudhish yo‘l-transporti hodisasi sodir bo‘lgan.
Ayrim manbaalar ushbu avariyada jami 4 kishi halok bo‘lgan deya xabar bermoqda. Yana ba’zilarida esa 5 nafar odam qurbon bo‘lgani aytilmoqda.
SPORTS.uz portali ijodiy jamoasi o‘tganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Fikrlar