Tezkor xabar! Vitaliy Denisov va Maksim Shatskix premer-ligadan quruq qoladi
Rossiyaning Milliy futbol ligasi g‘olibi – “Rotor” jamoasi yangi mavsumda premer-ligada ishtirok etolmaydi.
Ayni paytda Volgograd klubi rahbariyati bu borada muzokara o‘tkazmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Rotor”ning premer-ligada qatnashishi uchun 1,38 mlrd rubl kerak bo‘ladi. Mintaqa byudjeti buncha xarajatni ko‘tara olmaydi. Klubning o‘zi esa, homiy topa olmadi.
“Rotor” o‘zbekistonlik futbol muxlislariga begona emas. Faoliyati davomida premer-liganing “Lokomotiv”, “Krilya Sovetov” va “Rubin” kabi jamoalari safida to‘p surgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vitaliy Denisov bu yildan e’tiboran mazkur klub tarkibiga qo‘shilgandi.
Bundan tashqari, “Rotor” bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevichga jamoani boshqarishda O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r hujumchi Maksim Shatskix yaqindan yordam bermoqda.

Fikrlar