“Rostov” Shomurodovning ketishiga tayyorgarlik ko‘ryapti

  • 25 may, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ommaviy axborot vositalarida “Orenburg” jamoasining eng zo‘r to‘purari Jorje Despotovich shartnomasi yakunlangani sababli boshqa jamoaga o‘tishi haqida ma’lumotlar ko‘paydi. Ularning orasida bu hujumchiga “Rostov” jiddiy qiziqayotgani haqida ham xabarlar bor.

Tecno

28 yoshli serbiyalik futbolchi Qozog‘iston chempionatida “Jetisu”, “Qayrat”, “Tobol”, “Astana” kabi jamoalarda faoliyat olib borganidan so‘ng, 2019 yili “Orenburg” tarkibiga qo‘shilgandi.

Dastlabki mavsumda Rossiya chempionatida  23 ta uchrashuvda to‘rtta gol urgan hujumchi, bu yilgi premer-liga bahslarida 20 ta o‘yinda sakkizta golga mualliflik qildi. U qayd etayotgan ko‘rsatkichlar qator jamoalar e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Ayniqsa, uni erkin agentga aylangani va istalgan jamoaga tekinga qo‘shilishi mumkinligi jamoalarga juda ma’qul kelmoqda. Har holda Despotovich mahoratli hujumchi ekanini hech kim rad etolmaydi.

eade0edc2102fb8c0c58a6096578262b5e6bbdd2a8f59012317716

Hujumchining vakili Yuriy Gorbenko Despotovichga TsSKA, “Lokomotiv”, “Rostov” va “Trabzonspor”dan taklif bo‘layotganini ma’lum qildi. Ko‘rib chiqilayotgan variantlar orasida  rostovliklarning taklifi jiddiy ekanini aytgan. Qolaversa, hujumchining o‘zi ham faoliyatini Rossiya premer ligasida davom ettirmoqchi.

Ayrim mulohazalarga ko‘ra, “Rostov” bu hujumchini asosiy to‘purari Eldor Shomurodovga o‘rinbosar sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Chunki bugungi kunda Despotovichga Evropadan talab yo‘q. Buni Yuriy Gorbenko ham tan oldi. Eldor Shomurodov esa qator klublarni qiziqtirmoqda. Ayniqsa, Germaniyadan aniq taklif bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatilgan.

Albatta, “Rostov” munosib taklif bo‘lsa o‘zbekistonlik legionerni uzoq vaqt ushlab qola olmaydi. Eldorning o‘zi ham Evropaning kuchli chempionatlarida to‘p surishga tayyor. Kutamiz, buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.  

Shomurodovsiz Rossiya chempionati jozibasini yo‘qotadi

“Paxtakor”da porlagan to‘purar Shomurodovning raqobatchisiga ishonmayapti

Mashhur tahlilchi Shomurodovning yana bir ustun jihatini e’tirof etdi

Eldor Shomurodov – tobora yorqin porlayotgan yulduz

Sharq – nozik masala. Rossiyadagi tarixiy terma jamoada 7 futbolchimiz bor

Tezkor xabar! Eldor Shomurodovni chorlayotgan Germaniya klubi nomi oshkor bo‘ldi

Eldor Shomurodov boshliq legionerlarga ruxsat yo‘q

Eldor Shomurodov Evropa chempionlar ligasida o‘ynaydi(mi)?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
muxammadsoli 79
25/05/2020 14:12
oxiri buxam xitoyga otmasa boldi
Sardor Usmanov
24/05/2020 07:15
Koproq fakt gaplani yozsela yaxwi bolardi kopinca mish mish qilyapsila eldor yevropaga otarkan deganilaga 1 yil boldi
&
fc.navbahor
23/05/2020 20:29
Mish mishlardan charchadik qachon shu kun kelarkin xa mayli.nima bolsa xam eldorga omad