
"The Best" sovrinini qo‘lga kiritish uchun da’vogarlar nomi ma’lum
FIFA rasmiy sayti "The Best" sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha da’vogarlar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Karim Benzema ("Real Madrid"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted"), Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund), Jorjino, Ngolo Kante (ikkisi ham "Chelsi"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Kilian Mbappe, Lionel Messi, Neymar (uchalasi ham PSJ) va Muhammad Saloh ("Liverpul") mazkur ro‘yxatdan joy olgan.
Qayd etish joiz, g‘oliblar 22 noyabrdan 10 dekabrgacha ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi. Ushbu sovrin 17 yanvar kuni topshiriladi.
Fikrlar