The Times: "Real" Azar uchun "Chelsi"ga 110 mln evro to‘laydi, transfer yaqin vaqtlar ichida e’lon qilinadi
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar yaqin vaqtlar ichida "Real" Madrid a’zosiga aylanadi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 28 yoshli belgiyalik futbolchining transferi masalasida “aristokratlar” bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra madridliklar Azar uchun 110 million evro to‘lashadi. Ushbu mablag‘ kelajakda beriladigan bonuslar hisobiga yana 15 mln evroga oshishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Azar “Chelsi” sharafini 2012 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 352ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 110ta gol hamda 92ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar