Timber Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishidan afsusda

  • 09.06.2026 23:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Niderlandiya terma jamoasi va "Arsenal" himoyachisi Yurrien Timber jarohati sabab Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi haqida fikr bildirdi.

Futbolchida chov sohasidan jarohat aniqlandi boʻlib, u mundialni oʻtkazib yuboradi.

"Men Jahon chempionatida oʻynay olmasligim va mamlakatim sharafini himoya qilolmasligimdan juda qattiq hafaman. Bunday imkoniyatni jarohat tufayli boy berishni qabul qilish men uchun oson emas.

Ishonamanki, Alloh men uchun hozir koʻrayotganimdan ham buyukroq rejani tayyorlab qoʻygan. Terma jamoamiz yigitlariga omad tilayman. Mamlakatimiz sizlar bilan faxrlanadigan natijaga erishinglar", — deb yozdi Timber ijtimoiy tarmoqda.

Maʼlumot uchun, Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichida Yaponiya, Shvetsiya va Tunis bilan bir guruhdan oʻrin olgan.

"Uchar gollandlar" mundialdagi ilk uchrashuvini 14 iyun kuni AQSHning Arlington shahrida Yaponiya qarshi oʻtkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!