Tinimsiz gol ursang, xaridoring ko‘p bo‘ladi

  • 25 yanvar, 2024, 15:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya chempionatida “AZ Alkmaar” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Vangelis Pavlidis faoliyatini top-ligalarda davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

Evening Standard nashrining xabar berishicha, Pavlidisga “Chelsi”, “Milan”, “Barselona” va “Fulxem” kabi klublar ko‘z tikmoqda.

Gretsiyalik hujumchining o‘zi yanvar oyidayoq katta klublar safiga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Pavlidis joriy mavsumni yuqori saviyada o‘tkazmoqda. U milliy chempionatning dastlabki 16  uchrashuvida o‘z hisobiga 18 ta gol yozdirib qo‘ydi.

25 yoshli forvardning “AZ Alkmaar” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar davom etadi. To‘purar 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!