
Titeni o‘marib ketishdi
Braziliya terma jamoasining sobiq murabbiyi Titeni Rio-de Janeyroda talon-taroj qilib ketishdi.
Jinoyatchi ko‘chada yurgan murabbiyning bo‘ynidagi tilla zanjirini olib ketgan. Bundan tashqari, qaroqchi o‘z qurbonini tanib, Braziliyaning Qatardagi Jahon chempionatida ko‘rsatgan muvaffatsiz o‘yini haqida shikoyat ham qilgan.
Xayriyatki, mutaxassisga tan jarohati etmagan.
Eslatib o‘tamiz, "pentakampeonlar" mundialning chorak finaliga chiqib, Xorvatiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Turnir yakunlangach, Tite bosh murabbiylik lavozimini tark etdi.
Fikrlar