Tojikiston o‘rtoqlik o‘yinida Suriyaga yutqazdi. Superligamizdagi legionerlar esa...

  • 02.06.2022 12:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Tojikiston milliy terma jamoasi Dubaydagi yig‘ini doirasida kecha Suriyaga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Ma’lumki, Tojikiston bosh murabbiyi Petr Segrt ushbu safarga O‘zbekiston Superligasida to‘p surayotgan tojikistonlik futbolchilarni ham jalb qilgan.

Suriyaga qarshi bahsda Omar Al-Somaning 16-daqiqada kiritgan goli Tojikistonning 1:0 hisobidagi mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. “Bunyodkor” a’zosi Davron Ergashev va “Navbahor” vakili Exsoni Panshanbe o‘yinni to‘liq o‘tkazishdi.

tojik_5

Tojikiston: Rustam Yatimov (Muxriddin Hasanov, 78), Davronjon Ergashev, Siyovush Asrorov, Axtam Nazarov, Alijon Karomatullozoda (Komron Tursunov, 67), Amirbek Jo‘raboev, Muhammadjon Rahimov (Alijoni Ayni, 67), Exsoni Panshanbe (Shaxrom Sulaymonov, 78), Shervoni Mabatshoev, Sheriddin Boboev (Shaxrom Samiev, 51), Manuchexr Jalilov (Nuriddin Hamroqulov, 67).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!