Tojikiston terma jamoasi Dubayda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi

  • 14 oktabr, 2020, 20:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Usmon Toshev bosh murabbiylik qilayotgan Tojikiston terma jamoasi oktyabrning oxirgi kunlarida mashg‘ulotlarga kirishadi va noyabr oyi boshlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirish uchun BAAga jo‘nab ketadi.

Tecno

Shu bilan birga, u erda ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ular 7 noyabr kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 12 noyabrda BAA terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Ikkala bellashuv ham Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 oktyabr kuni Dubayda BAA terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!