
Tojikiston terma jamoasi ustozi instruktorlik qilgan O‘FA “C” litsenziyasi dasturi bo‘yicha murabbiylik kursi yakunlandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda murabbiylik sohasini yanada rivojlantirish, murabbiylar malaka va salohiyatini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
O‘FA qoshidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida qator litsenziyali o‘quv kurslari va seminarlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, 25-30 sentyabr kunlari Samarqand shahrida O‘FA “C” litsenziyasi dasturi bo‘yicha murabbiylik kurslari tashkil etildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
O‘quv jarayoniga FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev yo‘riqchilik qilgan bo‘lsa, Samarqand viloyati assotsiatsiyasi mutaxassisi G‘ayrat Hamidov koordinator vazifasini bajardi. Amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni qamrab olgan mazkur kursda jami 20 nafar murabbiy ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Usmon Toshev Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Fikrlar