"Tokio-2020" Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida 6 ming sportchi qatnashishini rejalashtirmoqda

  • 19 yanvar, 2021, 12:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida 6 mingdan ko‘p bo‘lmagan sportchi ishtirok etishini rejalashtirmoqda.

Tecno

Dastavval, Olimpiadaning tantanali ochilish marosimida 200 mamlakatdan keladigan taxminan 11 ming sportchi ishtirok etishi kutilgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli, ochilish marosimini ixchamlashtirishga qaror qilindi. Tashkilotchilarning asosiy vazifasi marosimning ochilish hududida odamlarning ko‘payib ketmasligini ta’minlashdan iboratdir.

O‘tgan yili Tashkiliy qo‘mita Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishni rasmiy ravishda soddalashtirishni yoqlab chiqdi. Shunga qaramasdan, Olimpiadaning 2021 yilga ko‘chirilgani va koronavirus pandemiyasiga qarshi choralar sababli, bu musobaqalar uchun xarajatlar ortib, 1,64 trillion yenani (15,9 milliard dollarni) tashkil etmoqda. Eslatib o‘tamiz, Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi 2021 yilning 23 iyul sanasiga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!