Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari boshlanishiga oz qoldi, atletlarimizda qancha yo‘llanma naqd?

  • 28 iyun, 2021, 22:09
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi “HILTON” mehmonxonasida “Sport hamma uchun” loyihasi doirasida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni paralimpiya sport turlari bilan keng qamrab olish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamiyatga integratsiya qilish mavzusida konferentsiya bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Konferentsiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduhakimov ham ishtirok etdi. Vazirlik matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda Aziz Abduqahharovich ommaviy axborot vositalari xodimlariga tobora yaqinlashib kelayotgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga mamlakatimiz sportchilari tomonidan shu kunga qadar qancha yo‘llanma qo‘lga kiritilganligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

“Ayni paytga kelib Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga mamlakatimiz sportchilari 73ta litsenziyani qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, paralimpiyachilarimiz tomonidan 43ta litsenziya naqd qilingan. O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jaevning ma’lum qilishicha, hali Paralimpiya o‘yinlariga saralash jarayoni davom etmoqda va yo‘llanmalar soni yana oshishi mumkin”, - deb ta’kidladi Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov.

Taqqoslash uchun, Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini atigi 32 nafar sportchimiz himoya qilishgan edi. Ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda paralimpiya sporti jadal rivojlanib bormoqda va buning samarasi raqamlarda ham o‘z aksini topmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!