Tokio-2020. Sportchilarimizning yakuniy litsenziyalari soni ma’lum!
Olimpiadaga oz fursat qoldi.
Tokio Olimpiadasi boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarimiz qo‘lga kiritgan litsenziyalar soni to‘g‘risida ma’lumot berdi:
"Ayni paytga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasining XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi ma’lum. Ushbu maqolada Tokio-2020 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi barcha atletlar bilan tanishtiramiz.
Sportchilarimiz o‘z yo‘nalishlariga qarab 2017 yildan to shu kecha kunduzga qadar Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun bir-biridan murosasiz musobaqalarda bahs olib borishdi. Yakunda delegatsiyamiz kunchiqar yurtda o‘tadigan mazkur Olimpiadaga sportning 17 turida 71 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Quyida litsenziat sportchilarimizni tanishtiramiz:
Boks (11 ta):
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Shahnoza Yunusova
Erkin kurash (4 ta):
-57 kg: G‘ulomjon Abdullaev
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov
-86 kg: Javrail Shapiev
-97 kg: Magomed Ibragimov
Yunon-rum kurashi (4 ta):
-60 kg: Elmurat Tasmuradov
-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-87 kg: Rustam Assakalov
-130 kg: Mo‘minjon Abdullaev
Taekvondo (4 ta):
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-80 kg: Nikita Rafalovich
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+67 kg: Svetlana Osipova
Og‘ir atletika (4 ta):
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-109 kg: Akbar Jo‘raev
-55 kg: Muattar Nabieva
-76 kg: Kumushxon Fayzullaeva
Qilichbozlik (3 ta):
Shpaga, ayollar: Malika Hakimova
Sablya, ayollar: Zaynab Dayibekova
Sablya, erkaklar: Sherzod Mamutov
Engil atletika (7 ta):
Balandlikka sakrash, ayollar: Svetlana Radzivil
Balandlikka sakrash, ayollar: Safina Sadullaeva
Bosqon uloqtirish, erkaklar: Suhrob Xo‘jaev
Uzunlikka sakrash, ayollar: Darya Reznichenko
Uch hatlab sakrash, ayollar: Roksana Xudoyorova
Uch hatlab sakrash, erkaklar: Ruslan Kurbanov
Ko‘pkurash, ayollar, Ekaterina Voronina
Dzyudo (11 ta):
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Hikmatilloh To‘raev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-63 kg: Farangiz Hojieva
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Aralash jamoaviy musobaqa
Suzish (2 ta):
100 m, erkin suzish: Xurshidjon Tursunov
100 m, brass: Yulduz Qo‘chqorova
Kanoeda eshkak eshish (4 ta):
S-2 500 metr: Dilnoza Rahmatova
S-2 500 metr: Nilufar Zokirova
S-1 200 metr: Dilnoza Rahmatova
S-1 200 metr: Nilufar Zokirova
Akademik eshkak eshish (2 ta):
LMX2X, 2000 metr: Sobir Safaraliev
LMX2X, 2000 metr: Shahboz Xolmirzaev
Sport gimnastikasi (2ta):
Yakkalik dastur: Rasuljon Abdurahimov
Yakkalik dastur: Oksana Chusovitina
Badiiy gimnastika (6 ta)
Ko‘pkurash: Sabina Tashkenbaeva
Guruh mashqi: Nilufar Shomurodova
Guruh mashqi: Kseniya Aleksandrova
Guruh mashqi: Dinara Ravshanbekova
Guruh mashqi: Sevara Safoeva
Guruh mashqi: Kamola Irnazarova
O‘q otish sporti (2 ta):
10 m, miltiq: Muxtasar Tohirova
50 m, miltiqdan 3 holatda: Muxtasar Tohirova
Velosport (2ta):
Guruh poygasi, erkaklar: Murodjon Xolmurodov
Guruh poygasi, ayollar: Olga Zabelinskaya
Zamonaviy beshkurash (2ta):
Yakkalik, erkaklar: Aleksandr Savkin
Yakkalik, ayollar: Alise Faxrutdinova
Tennis (1 ta):
Yakkalik, erkaklar: Denis Istomin
Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari 23 iyul – 8 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Tokio-2020 litsenziatlarini, ularning yaqinlari va murabbiylarini, federatsiya va assotsiatsiyalarimizni qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar bilan muborakbod etib, bo‘lajak Olimpiadada yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilab qoladi",-deyiladi xabarda.

Izohlar (0)