Tokio-2020. Tasmuradov ertaga O‘zbekistonda tug‘ilgan sportchiga qarshi kurash olib boradi

  • 31 iyul, 2021, 12:39
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Olimpizm
CHERY AUTO

1 avgust kunidan Olimpiya o‘yinlarining sport kurashlari turiga start beriladi.

Tecno

Yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarda -60 kg vaznda ishtirok etadigan Elmurat Tasmuradov 1/8 final bellashuvida Ukraina sharafini himoya qilayotgan Lenur Temirovga qarshi kurash olib boradi. Ma’lumot uchun, Temirov 1990 yilda Olmaliqda tavallud topgan. G‘olib Armen Melikyan va Nejati bellashuvi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Shuningdek, -130 kg vaznda Mo‘minjon Abdullaev estoniyalik Artur Vititin qarshiligini engishga harakat qilib ko‘radi. Bu qarama-qarshilikdan keyingi bosqichga yo‘l olgan sportchiga Akosta Farna yoki Guennichi raqiblik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Оалаьатул Лвлвлвдвл
31/07/2021 13:13
Sportchimizga omad!