Tokio yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan qozog‘istonlik bokschilar orasida o‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchisi borligini bilasizmi?

  • 27 aprel, 2020, 18:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

  Xabaringiz bor, 3-11 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnir bo‘lib o‘tdi. Mazkur litsenzion musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin va 3 ta bronza medalga ega chiqqan holda, 7 ta litsenziyani qo‘lga kiritgan edi. Yakunda,  umumjamoa hisobida birinchi o‘rin mamlakatimiz charmqo‘lqop ustalariga nasib qilgandi. Ikkinchi o‘rinni esa, yon qo‘shnilarimiz Qozog‘iston terma jamoasi egallagan.  Ushbu musobaqada qozog‘istonliklar safida Saken Bibosynov (52 kg) ham ishtirok etib, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. U chorak finalda xitoylik Xu Jinxuaga imkoniyatni boy berib qo‘yib, o‘tish bosqichida filippinlik Karlo Paalamni mag‘lub eta olgandi. Albatta, biz ushbu natijalarga bekorga to‘xtalayotganimiz yo‘q. bibosinov
Sababi, Saken Bibosynov ham aslida O‘zbekistonda kamol topgan bo‘lib,  u 1997 yil 3 iyulda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Tovoqsoy qishlog‘ida tavallud topadi. Dastlab, Bahodir Hasanov qo‘l ostida boks sir-asrorlarini o‘rgangan Bibosynov, o‘smirlar toifasida viloyat  birinchiliklarida ishtirok etib kelgan. Keyinchalik Qozog‘istonga oilaviy ko‘chib ketib, o‘sha erda xaqiqiy bokschi sifatida kamol topadi. U 2019 yil Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yarim finalida hindistonlik Amit Pangalga imkoniyatni boy berib, bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu charmqo‘lqop ustasi ham o‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!