Tom Aspinall: "50 million dollar bersa ham, bu ishni qilmasdim"

  • 15.10.2025 21:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning og‘ir vazn (120 kg) chempioni Tom Aspinall hujjatli filmlarda suratga tushishni umuman xohlamasligini aytib o‘tdi.

"Men hozircha faol jangchi bo‘lganim uchun, hatto 50 million dollar bersa ham, UFC ning hujjatli filmida qatnashmagan bo‘lardim. Meni bunga ko‘ndira olmas edingiz. Men o‘z ishime yuz foiz sodiqman. To‘liq e’tiborim faqat jangga qaratilgan", — dedi britaniyalik "RMC Sport" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Aspinall 25 oktyabr kuni "UFC 321" turnirida frantsiyalik Siril Ganga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!