Toma Tabatadze "Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchisi!

  • 30.12.2025 17:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Qo‘qon-1912" o‘z tarkibiga yangi futbolchini qo‘shib oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Yangi mavsum oldidan yuqori maqsadlarni oldiga vazifa qilib qo‘ygan "Qo‘qon-1912" jamoasi yana bir mahoratli futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Jamoamiz rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish va raqobatni oshirish uchun gruzincha tajribali hujumchi Toma Tabatadze bilan bir yillik shartnoma tuzdi.

Mahoratli hujumchi faoliyati davomida Turkiya, Latviya, Litva, Gruziya va Qozog‘iston chempionatlarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Toma O‘zbekistonning "Navbahor", "Neftchi" va "Buxoro" kabi jamoalaridagi faoliyati bilan mutaxassislar va muxlislarning e’tiborini qozongan.

Toma Tabatadzega yangi mavsumda omad tilab qolamiz va jamoamiz bilan yuqori natijalarga erishishini umid qilamiz", - deyiladi qo‘qonliklar xabarida.

.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!