Tomas Frank kelajagi haqidagi savolga javob berdi!
"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank jamoaning APLdagi g'alabasiz sakkiz o'yinlik seriyasiga munosabat bildirdi.
Londondiklar navbatdagi turda o'z maydonida "Nyukasl"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi va ayni paytda jadvalda 16-o'rinda bormoqda.
"Arsenal"ga qarshi o'yinda ham jamoa bosh murabbiyi bo'lishimga ishonaman. Bu savol tushunarli va barmoqni menga qaratish oson, ammo gap faqat menda emas, butun klub haqida ketmoqda.
Men 1000 foizga ishonamanki, bu ish uchun mosman. Shuningdek, 1000 foizga ishonardimki, biz yaxshiroq o'ynaymiz. “Tottenxem”da ham, boshqa klublarda ham mendan oldin ishlagan ba'zi murabbiylar boshini yo'qotgan, ammo biz birlashib turishimiz va sovuqqonlikni saqlashimiz kerak.
Ma'lum ma'noda jarohatlardan aziyat chekyapmiz, buni tan olish kerak. 11 nafar futbolchimiz safdan chiqqan, bugun esa 30 daqiqadan keyin Odoberni ham yo'qotdik. Shuningdek, so'nggi yillarda “Nyukasl” tarkibi yaxshiroq shakllantirilganini ham tan olish kerak. Demak, omillar biz uchun eng yaxshi tarzda uyg'unlashmadi. Ammo shunday vaziyatda ham ochko olish imkoniyati bor edi, biz esa bundan foydalanolmadik", — dedi Frank.
Fikrlar