Tomas Frank: "Xavi Simons tobora yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda"
Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Tomas Frank jamoa yarim himoyachisi Xavi Simonsning o‘yinga qo‘shayotgan hissasi haqida fikr bildirdi. Niderlandiyalik futbolchi hozircha jamoa safida 3 ta uchrashuv o‘tkazib, gol yoki assist bilan shporlarga yordam bera olmadi.
"Xavi olg‘a siljiyapti. U to‘g‘ri pozitsiyalarni tanlayapti, endilikda hal qiluvchi pas yoki harakatni amalga oshirish muhim", — dedi Frank deya ta’rif berib o‘tdi jamoa murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bahsda "Tottenxem" Angliya kubogida "Nyukasl"ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. APL jadvalida "shporlar" 9 ta turdan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar