Tomas Tuxel: "U dunyodagi eng yaxshi o‘yinchilardan biriga aylanishi mumkin"

  • 14.10.2025 17:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Markus Reshfordning o‘z darajasini namoyish eta olmayotgani haqida gapirib o‘tdi.

"Gap Markusni iste’dodida emas, balki uning klub va xalqaro darajada o‘zini isbotlay olishida. Aks holda, 10 yildan so‘ng erishishi mumkin bo‘lgan yutuqlariga ega chiqa olmaganidan afsuslanadi. 

Menimcha, uning imkoniyatlari chegarasi juda ham yuqori. Ehtimol, jamoasidagi boshqa futbolchilarnikidan ham yuqoriroqdir. Reshforda salohiyat bor, lekin bu futbolda juda xavfli so‘z. Bunday darajada muntazam o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatish talab etiladi.

Agar men mashg‘ulotlarda ko‘rganim kabi ishlashda davom etsa, u ikki oyog‘i va boshi bilan hujumlarni yakunlay oladi. Shuningdek, dunyodagi enga yaxshi o‘yinchilardan biriga aylanishi mumkin", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi joriy mavsum "Barselona" safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!