Toni Fergyuson: "Pimblettdan so‘ng, keyingi ovim Konorga bo‘ladi!"

  • 3 oktabr, 2023, 19:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC engil vazn toifasi sobiq vaqtinchalik chempioni Toni Fergyuson Peddi Pimblettdan keyin Konor Makgregorga qarshi jang qilish niyati borligini aytdi.

"Menda hammasi yaxshi, Peddi bilan jangga tayyorman. Pimblett yaxshi yigit, ajoyib jangchi. Men chet elliklar bilan oktagonga chiqishni xush ko‘raman.

Men anchadan beri Habib va Makgregorni ta’qib qilaman. Konorga ancha yaqinlashdim, Pimblettni bir yog‘lik qilsam, keyingi ovim Makgregorga bo‘ladi. Agar u USADA doping nazoratidan o‘tsa, men tayyorman", - dedi Toni.

Ma’lumot o‘rnida, Fergyuson va Pimblett o‘rtasidagi jang 16 dekab kuni Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC 296 doirasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Toni Fergyuson (25-9) oxirgi jangida Bobbi Gringa imkoniyatni boy bergan.

Peddi Pimblett (20-3) esa, Jared Gordonni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!