
Toni Fergyuson:"Habib qarshisida meni ko‘radi"
UFCning engil vazn toifasi yulduzlaridan biri Toni Fergyuson amaldagi chempion Habib Nurmagomedov bilan jangi qilishiga ishonmoqda.
“Habib bilan qachondir jang qilaman. U ketishdan avval, albatta, qarshisida meni ko‘radi. Barcha bitta mag‘lubiyatim sabab meni hisobdan chiqarib qo‘ydi. Ammo ularga e’tibor bermayman. Bu tarzdagi holatni tasodifiy muxlis bo‘lganlar qiladi. Biroq mening haqiqiy muxlislarim bor va ular juda ko‘p. Mening qadrim juda baland”, — dedi Fergyuson.
Eslatib o‘tamiz, ular o‘rtasidagi jang 5 marotaba bekor qilingandi.
Fikrlar