Top-5 ligalarda faqatgina "Inter" bunday natija qayd etdi
Italiya A Seriyasining 11-turida "Inter" mehmonda "Bolonya" (2:1) klubini mag‘lubiyatga uchratdi.
Milanliklar uchun, bu A Seriyada 6 ta safar o‘yinidagi oltinchi g‘alabasi bo‘ldi. "Inter" bungacha mehmonda "Kalyari" (2:1), "Milan" (2:0), "Sampdoriya" (3:1), "Sassuolo" (4:3), "Breshiya" (2:1) jamoalarini mag‘lub etgan edi.
Shu bilan, "Inter" o‘z chempionatining mehmondagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan Evropadaning top-5 ligalardagi yagona klubga aylandi.

Fikrlar