Top-5 ligalarda Yamalga teng keladigan futbolchi topilmadi

  • 25.12.2025 22:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" vingeri Lamin Yamal 2025/2026 yilgi mavsumda etakchi beshlikdagi boshqa futbolchilarga qaraganda ko‘proq dribling qildi. WhoScored ma’lumotlariga ko‘ra, u 153 marta dribling amalga oshirgan va 78 tasini muvaffaqiyatli yakunlagan.

Yamal 2023 yilning iyulidan beri "Barselona"da o‘ynamoqda. 2025 yilning yozida klub bilan shartnoma 2031 yilgacha uzaytirilgani ma’lum bo‘ldi.

Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida vinger barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 200 mln evroni tashkil etadi.

Ayni damda, "Barselona" 46 ochko bilan chempionat turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda va Madridning "Real" klubi bilan oradagi farq 4 ochkoni tashkil etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!