
Top klubga Allegri yoki Pochettino ustozlik qilishi mumkin
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z ish o‘rnini tark etishi mumkin.
ESPN nashrining xabar qilishicha, Parij klubini boshqarish uchun Massimiliano Allegri va Maurisio Pochettino nomzodlari asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Har ikki mutaxassis 2019 yildan buyon ishsiz qolib ketmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Tuxel yakshanba kuni "Lill"ga qarshi durang o‘ynaganidan so‘ng, bosim ostida qolgan.
PSJ muhim va qiyin o‘yinlar oldidan, turnir jadvalida uchinchi pog‘onani egallab turibdi.
Frantsiya klubi Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichida "Barselona"ga qarshi bahslashadi.
Fikrlar