Asosiy mazmunga oʻtish

Top-klublar Rodrigoning yuqori maoshidan qo‘rqmoqda

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Buning sabablari ochiqlandi

"Real Madrid" hujumchisi Rodrigo Goesning katta maoshi uning transferiga asosiy to‘siqlardan biriga aylanmoqda. Bu haqda "The Telegraph" nashri jurnalisti Mett Lou ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi yillik 10 million funt maosh olmoqda va boshqa klubga o‘tish holatida daromadini oshirishni istaydi. Shu boisdan, ko‘plab katta klublar unga qiziqish bildirsa-da, shartnomani amalga oshirishdan qo‘rqmoqda.

"Men Rodrigoning transferi bo‘yicha vaziyatni hech qachon jiddiy deb hisoblamaganman. Uning maoshi juda yuqori, agar ketsa, yanada ko‘prog‘ini talab qiladi. Agar nimadir noto‘g‘ri ketsa, bu klub uchun katta muammoga aylanadi" – dedi Lou "London Is Blue" podkastida.

Shuningdek, u "Chelsi" misolida Raxim Sterlingning vaziyatini keltirib o‘tdi. Rodrigo bilan shunga o‘xshash muammolar yuzaga kelish ehtimoli borligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Rodrigoga "Arsenal", "Liverpul" va "An-Nasr" klublari ham qiziqish bildirgani haqida avvalroq xabarlar tarqalgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q