To‘purar hujumchi MYuga o‘tishdan bosh tortdi
"Sporting" hujumchisi Viktor Dyokeresh "Manchester Yunayted" klubining transfer taklifini rad etdi. Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining agentlari allaqachon "qizil iblislar"ni ularning qarori haqida xabardor qilgan.
Avvalroq OAVda "Manchester Yunayted" Dyokereshni transfer qilish uchun "Sporting"ga 71,4 million evro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, shved hujumchisiga "Arsenal" va "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirayotgani ta’kidlangan.
O‘tgan mavsumda Dyokeresh barcha musobaqalarda 52 o‘yinda maydonga tushib, 54 ta gol va 13 ta golli uzatma bilan ajralib turgan.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uning bozor bahosi 75 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar