To‘rabek Xabibullaev xitoylik bokschini ayab o‘tirmadi

  • 11.12.2024 15:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatining final bahslari davom etmoqda.

80 kg da ishtirok etayotgan hamyurtimiz To‘rabek Xabibullaev xitoylik Jinxiang Vang bilan jang olib bordi. Bokschimiz bahs davomida yaxshiroq harakat qildi va yakunda raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Jasurbek Yo‘ldoshev va Qozog‘iston vakili Bekzad Nurdauletov o‘rtasidagi muhim qarama-qarshilik kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!