To‘raev zo‘r usul qo‘llab, raqibini taslim qildi

CHERY AUTO

 

Tecno

Ozarbayjonning Boku shahrida dzyudo bo‘yicha davom etayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi halqaro turnirda 73 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi g‘olibi Hikmatilloh To‘raev ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Birinchi uchrashuvda qirg‘izistonlik dzyudochi Ishen Amanov bilan raqobatlashgan hamyurtimiz bellashuvning to‘rtinchi daqiqasi boshlanishi bilan chiroyli usul qo‘llab raqibining kuragini erga tekkazdi va ippon bahosi bilan zafar quchdi.

Hikmatilloh To‘raev keyingi bahsda ozarbayjonlik Hidoyat Haydarovga qarshi tatamiga chiqadi. Uning raqibi o‘smirlar o‘rtasida Evropa chempionat g‘olibi bo‘lgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!