Torres faoliyatini Meksikada davom ettirishi mumkin
Yaponiyaning "Sagan Tosu" klubida to‘p surayotgan ispaniyalik hujumchi Fernando Torres faoliyatini Meksikaning "Atletiko San-Luis" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 35 yoshli futbolchini okean ortiga uning sobiq jamoasi hisoblangan "Atletiko" Madrid xo‘jayinlari undashmoqda. Aytish lozimki, “matraschilar” xo‘jayinlari ushbu meksika klubini ham aktsiyadori hisoblanishadi.
Ma’lumot uchun, Torres "Sagan Tosu" safiga 2018 yilning yozida ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning yapon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning 31 yanvariga qadar imzolangan.
Fikrlar