Torres "Liverpul"ga o‘tadimi?

  • 28.03.2020 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Valensiya" vingeri Ferran Torres faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Sportsmole nashrining yozishicha, 20 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Qayd etish kerakki, Torres uchun “Real” va “Barselona” ham kurash olib bormoqda.

Torresning “Valensiya” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa 50 mln evroga baholanmoqda. U joriy mavsum “ko‘rshapalaklar” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!