To‘rt futbolchi transferga qo‘yildi

  • 11.06.2026 08:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yakunlangan mavsumda bo‘sh o‘yin ko‘rsatgan Londonning «Chelsi» klubi yozgi transferlar davrida ayrim futbolchilar bo‘yicha takliflarni qabul qilishga tayyor.

Football365 nashri ma’lum qilishicha, quyidagi futbolchilar bo‘yicha muzokaralarga ochiqlik bildirilingan:

  • Filip Yorgensen (darvozabon);
  • Aksel Disasi (markaziy himoyachi);
  • Alehandro Garnacho (chap qanot hujumchisi);
  • Markaziy hujumchilardan biri – Liam Delap, Mark Giu yoki Nikolas Jekson.

Qayd etilishicha, Enzo Fernandez va Mark Kukurelyani sotish hozircha klubning asosiy rejalari qatoriga kirmaydi.

Shuningdek, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Xabi Alonso Nikolas Jeksonni o‘z jamoasiga qaytarishni istamoqda. Ammo bu holatda “Chelsi” Liam Delap yoki Mark Giudan biri bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi.

Nikolas Jekson jahon chempionatida ishtirok etadi, qolgan yuqoridagi futbolchilar esa mundial qaydnomasiga kirmagani uchun ularning transferlari iyun oyidayoq amalga oshishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!