Asosiy mazmunga oʻtish

To‘rtinchi mag‘lubiyatdan keyin “Liverpul” sardori fanatlarga shart qo‘ydi!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ular o‘tgan mavsum chempionlikni birga nishonlagan edi...

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” to‘qqizinchi turda “Brentford” mehmoni bo‘lib, kutilmaganda raqibga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Liverpul” futbolchilari Premer-ligada qatorasiga to‘rtinchi marotaba mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Bungacha, Arne Slot shogirdlari “Kristal Pelas”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted”ga yutqazgan edi.

“Brentford” bilan uchrashuvdan keyin jamoa sardori Virjil van Deyk o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

- Hamma bir o‘zini oynasiga solib ko‘rsin. O‘zim ham shunday qilishim kerak. Aminmanki, biz bu murakkab vaziyatdan chiqib keta olamiz. Lekin quruq gap bilan bunga erishib bo‘lmaydi.

Hozir tinimsiz ishlashimiz va imkon qadar kuchliroq bo‘lishga harakat qilishimiz shart.

O‘tgan chempionlik mavsumida muvaffaqiyatlarimizni nishonlagan fanatlar ham, bizni avvalgidek qo‘llab-quvvatlashda davom etishlari lozim,  - dedi “Liverpul” etakchisi Virjil van Deyk.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q