Toshkentda "B" sertifikati bo‘yicha xalqaro murabbiylik kurslarining birinchi moduli boshlandi

  • 5 mart, 2019, 14:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jumladan, 3 mart kuni Toshkentdagi "Chig‘atoy" sport majmuasida "B" sertifikati uchun OFKning xalqaro murabbiylik kurslari birinchi moduli boshlandi. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Ular orasida Zayniddin Tojiev, Yaroslav Krushelnitskiy, Aleksey Nikolaev,Baxtiyor Qambaraliev kabi o‘tmishning mashhur futbolchilari ham bor. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Murabbiylik kurslarini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga Oybek Davletmurodov yordam beryapti.

Mazkur o‘quv kurslari 4 moduldan iborat bo‘ladi. Modullar orasida bir oy tanaffus qilinib, bu vaqtda murabbiylar mustaqil ravishda berilgan topshiriqlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!