Toshkentda chempionlik kamari uchun jang bo‘ladi yoxud 14 fevraldagi boks oqshomi juftliklari bilan tanishing!
14 fevral kuni Toshkentda professional boks kechasi tashkil qilinishi haqida xabar bergan edik. Ushbu kechaning markaziy jangi titul uchun bo‘lishi haqida ham yaxshi bilasiz. Ya’ni, 79 kg vazn toifasida yurtdoshimiz Abduhamid Hakimov WBC Asia kamari uchun gruziyalik Levani Lukxutashviliga qarshi 10 raundlik jangda ringa ko‘tariladi.
Qolgan janglar esa, asosan yurtdoshlarimiz qarama-qarshiligida kechadi. Jumladan, 72,2 kg vazn toifasida Obidjon Jo‘raboev hamda Jo‘raboy Zokirov 4 raund mobaynida g‘oliblik uchun bahs yuritsa, 61.2 kg vaznda Shukrullo Vohidov Sherzod Mamajonovga qarshi jang qiladi. Ushbu to‘qnashuv 8 raund qilib belgilangan.
Shuningdek, Eldor Sayidov ham ringga ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan. Hozircha uning raqibi haqida ma’lumotga ega emasmiz. Bu borada ham tez orada ma’lumot beramiz. Va nihoyat, 55.3 kg vazn toifasidagi 6 raundlik to‘qnashuvda Islombek Pirmanov va Asror Sotvoldiev reyting jangida kuch sinashadi.
Ushbu jang kechasiga oid voqeliklar haqida xabardor qilib boramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring! Shuningdek, ushbu jang kechasi Sports.uz Youtube kanalida jonli ravishda translyatsiya qilinadi.
O‘zbekistonlik mutaxassisga WBC tashkiloti ishonch bildirmoqda
Toshkent shahri professional boks kechasiga mezbonlik qiladi
Fikrlar