Toshkentda penchak silat bo‘yicha O‘rta Osiyo chempionati o‘tkaziladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimizda joylashgan "Jangox" sport arenasida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz pechak silat federatsiyasi tomonidan O‘rta Osiyo ochiq chempionati o‘tkaziladi.

Penchak silat bo‘yicha o‘tadigan chempionatda Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan 150 nafarga yaqin sportchilar bilan birga O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham g‘oliblik uchun kuch sinashadilar.

Musobaqaning ochilish marosimi 30 mart kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston estrada yulduzlari ishtirokida katta kontsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

54435062_2313687642250484_4877128522172203008_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!