"Tottenxem" bir kishi kam bo'lib ham "Chelsi"ni yer tishlatdi

  • 01.08.2026 16:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avstriyalik muxlislar kutgan katta bahs yakunlandi: Sidneydagi «Avstraliya» stadionida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida «Chelsi» futbolchilari «Tottenxem Xotspur»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘yin faol boshlandi. 17-daqiqada «shporlar»ning yangi  yarim himoyachisi Sandro Tonali hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ortidan ko‘p o‘tmay, 21-daqiqada «Chelsi» hujumchisi Estevao javob golini urdi va tabloda tenglik o‘rnatdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan maydonda keskinlik oshdi. 49-daqiqada himoyachi Kevin Danso to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi va «Tottenxem» qolgan vaqtni bir futbolchi kam o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Shunga qaramay, «Tottenxem» o‘yin oxirida g‘alabani tortib olishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘shimcha vaqtning 1-daqiqasida Risharlison aniq zarba yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, «Chelsi» 52 ochko jamg‘arib, Angliya Premyer-ligasi jadvalida 10-o‘rinni egallagan edi. «Tottenxem Xotspur» esa 41 ochko bilan 17-pog‘onada qolgan.

Yangi mavsumning 1-turida «siniye» 24 avgust kuni safarda «Fulxem»ga qarshi maydonga tushadi. «Shporlar» esa 22 avgustda mehmon sifatida «Brentford» bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!