"Tottenxem" bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar ma'lum bo'ldi
"Tottenxem" klubi "Brayton" va "Marsel"ning sobiq bosh murabbiyi Roberto De Zerbi bilan bog‘lanib, Igor Tudor iste’foga chiqarilgandan so‘ng jamoani boshqarishga tayyor yoki yo‘qligini so‘radi. Italyalik mutaxassis esa yozgacha kutishni ma’qul ko‘rmoqda, chunki u Angliya Premier-ligasida ishlashni istaydi. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Insayder ma’lumotiga ko‘ra, London klubi shuningdek Shon Daych, Adi Hyutter ("Monako"ning sobiq murabbiyi), Robbi Kin ("Ferentsvaroş"), Kris Hyuton ("Brentford"ning sobiq ustozi) va Garri Rednapp nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda. Aytilishicha, rahbariyat g‘oyalaridan biri — murabbiylar shtabiga "Tottenxem"ga aloqador shaxsni qo‘shish, hatto u bosh murabbiy bo‘lmasa ham.
Ma’lumot uchun, ayni paytda "shporlar" APL turnir jadvalida 30 ochko bilan 17-pag‘onani egalab turibdi.

Fikrlar