
"Tottenxem" bosh murabbiyi: "Manchester Siti kuchli raqib. O‘ylashimcha munosib g‘alaba qozondik"
"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Ange Postekoglu Angliya liga kubogi 1/8 finali doirasida "Manester Siti" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz kuchli raqibga duch keldik. O‘ylaymanki, o‘yinning aksariyat qismida yaxshi o‘ynay oldik. Biz ularga golli vaziyatlar yaratishga deyarli imkon bermadik. Kiritgan ikkala golimiz ham chiroyli hujum va mahorat evaziga qo‘lga kiritildi.
"Shaharliklar"ga qarshi o‘yinlarda boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Ular sizga osonlikcha gol urishingizga yo‘l qo‘yib bermaydi.
Bizning jamoamiz doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Olinga intilishda va yanada kuchliroq bo‘lib borishda davom etamiz. Avvalgi yakshanba kuni "Kristal Pelas"ga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lganimizdan so‘ng hafsalamiz pir bo‘lgan edi. Ammo bugun maydonga tushib, ajoyib o‘yin ko‘rsatdik va muhlislarimizning ishonchini oqladik", - dedi Ange Postekoglu.
Fikrlar