
"Tottenxem" Brunu Fernandeshni sotib olmaydi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino "Sporting" xavbeki Brunu Fernandeshning transferi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
"Biz o‘zimizning saviyamizga mos futbolchilarni kuzatib bormoqdamiz. Biz katta haridlarga tayyor klub emasmiz.
Brunu Fernandesh transferi amalga oshmaydi deya olaman. Uning saviyasi va narhi "Tottexem" talablariga javob bermaydi", - deya Mourino so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport TV.
Yozda Brunu Fernandesh "Tottenxem"ga o‘tishga yaqin edi. Futbolchining o‘zi tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgani haqida xabar bergan, biroq "Sporting" so‘nggi daqiqalarda kelishuvni rad etgandi.
Fikrlar