"Tottenxem" Endryu Robertsonni sotib olishga yaqin
Londonning "Tottenxem" klubi "Liverpul" himoyachisi Endryu Robertsonni oʻz safiga qoʻshib olishga yaqin turibdi.
Insayder Fabrizio Romanoning maʼlum qilishicha, "Tottenxem" "Liverpul"ga rasmiy taklif yuborgan va muzokaralar ancha ilgarlab ketgan.
Agar Robertson jamoasini oʻzgartirsa, "Roma" Konstantinos Tsimikasning ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishga va grek futbolchisini Mersisayd klubiga qaytarishga tayyor.
Jurnalist Ben Jeykobspning xabar berishicha, shotlandiyalik futbolchi "Liverpul" rahbariyatiga "Tottenxem"ga oʻtish istagi borligini bildirgan. Shuningdek, Tsimikas ham "Roma" rahbarlarini Angliya chempionatiga qaytishni xohlayotgani haqida xabardor qilgan.
Fikrlar