"Tottenxem" Eriksen evaziga "Real"dan Iskoni so‘ramoqda

  • 17 oktabr, 2019, 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi "Real" Madrid bilan daniyalik yarim himoyachisi Kristian Eriksen masalasida muzokaralarni boshladi.

Tecno

Football Espana nashrining ma’lum qilishicha “shporlar” “qirollik klubi”dan Eriksenning transferiga Iskoni qo‘shishni talab qilishmoqda. Aytish lozimki, bundan avvalroq Iskoning o‘zi ham Evro-2020 da ishtirok etish maqsadida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Eriksenning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va shu bois ayni damda uning transferi 20 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!