"Tottenxem" yetakchisi uchun uchta top jamoa kurashmoqda
"Tottenxem" himoyachisi Mikki Van de Vennning xizmatlariga Evropaning top jamoalari qiziqish bildirmoqda. Bu haqida "TEAMtalk" nashri ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Mikki mavsum yakunlangach jamoani tark etishi kutilmoqda. Ayni vaqtda niderlandiyalik futbolchini "Liverpul", "Manchester Siti" va " Real" o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda.
24 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 65 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, Van de Ven joriy mavsum "shporlar" safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar