
"Tottenxem" Fatini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Barselona" hujumchi Ansu Fati transfer oynasining so‘nggi kunlarida "Tottenxem" nishoniga aylanmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, ingliz klubi hujumchini 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Agar “shporlar” futbolchining maoshi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olsa, “ko‘k-anorranglilar” kelishuvga tayyor.
Ansu o‘tgan mavsumda "Barsa" safida barcha turnirlarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer qiymati 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar