"Tottenxem" hujumchisidan voz kechdi

  • 27.10.2025 18:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank jamoa hujumchisi Dominik Solankega karerasini davom ettirish uchun yangi klub izlashi kerakligini aytdi. Hujumchining o‘yinlari murabbiyini qoniqtirmayapti. 

Frank joriy mavsumda Solankega barcha musobaqalarda atiga 49 daqiqa o‘ynash uchun vaqt berdi. Bu erda gap faqat hujumchining jarohatlarida emas, balki murabbiy o‘yin uslubi va ishga munosabati jihatdan boshqa o‘yinchi hohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, London klubi o‘tgan mavsum  angliyalik forvardni "Bormunt"dan 63 million evroga sotib olgandi. 28 yoshli futbolchi "shporlar" safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol kirtigan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!